TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 3—5 iyul kunlari havo harorati kunduz kunlari 39-41 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 42-44 darajagacha bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
6—8 iyulda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ushbu kunlarda havo harorati iqlimiy meyorlardan 5-8 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 41-43 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda esa 44-46 darajagacha ko‘tariladi.