O‘zbekistonlik migrantlar Moskvada koronavirusga qarshi qanday va qayerda emlanishi mumkin?

Rossiya prezidenti topshirig‘iga binoan mehnat migrantlari COVID-19 ga qarshi emlanishi mumkin. Emlanish uchun arizani ish beruvchilar beradi. Emlashning birinchi kunida 4 mingga yaqin xorijliklar koviddan himoyalandi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Ikkita tibbiyot punktiga tashkillashtirilgan holda olib kelish, qog‘ozbozlikning deyarli umuman yo‘qligi, asosiysi – bepul. Rossiya poytaxtida mehnat migrantlarini emlash ishlari qanday boshlangani – Sputnik reportajida.
Moskvada 29-iyun kuni xorijlik ishchilarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlandi. Bir necha kun avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu jarayonni boshlash vazifasini topshirgan edi.
Moskvadagi koronavirusga qarshi kurashish choralari chet el fuqarolarini emlash jarayonini boshlash uchun sabab bo‘ldi. 18-iyundan poytaxt hukumati savdo-sotiq, xizmat va umumiy ovqatlanish sohalaridagi kompaniyalarni kamida 60 foiz xodimlarini emlashni majburiy qilib belgiladi. Moskvada migrantlar uchun maxsus ikkita emlash punktlari ish boshladi – Saxarovo qishlog‘idagi migratsiya markazida va “Sadovod” savdo markazi hududida.
Moskvada migrantlarni emlash punkti ochildi
Bu joylar har kuni ertalab soat 8:00 dan kechqurun soat 20:00 gacha ishlaydi. Shahardagi 175-sonli poliklinika bosh shifokori Andrey Fedorukning Sputnik agentligiga ma’lum qilishicha, xorijliklar pulli emlanmoqda, lekin migrantlarning o‘zi pul sarflamaydi.
“Emlanish narxi – 1300 rubl, bu yangi bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasi, - dedi u. – Kompaniyalar migrant xodimlarini emlash uchun shahar ma’muriyatiga xodimlarning ma’lumotlari to‘ldirilgan ro‘yxatni taqdim etishadi, biz shartnoma imzolaymiz, emlashning sanasi va vaqtini kelishib olamiz. Keyin migrantlar tashkillashtirilgan holda keltiriladi”.
Moskva kompaniyalari chet ellik xodimlarini “Sadovod” savdo markaziga avtobuslarda olib kelishmoqda. U yerdagi emlash punktida hamshiralar va politsiya navbatchilik qiladi. Chodirli emlash punktiga kirayotgan kishiri harorati o‘lchanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari niqob taqish va masofa saqlashga rioya qilinayotgani nazorat qiladi.
Kuniga ikkita emlash punktida taxminan 4 ming xorijlik emlanmoqda, ular orasida koronavirusni boshdan kechirganlar ham bor.
Tibbiyot xodimi Faridun Yakubov kelganlarga emlanish ma’nosini tushuntiradi – yangi hindcha shtammga qarshi emlanmoqda darkor. “Sputnik Layt” unga qarshi tura oladi. Rus tilini uncha yaxshi bilmaydigan ayrim migrantlarga Faridun ona tili tojik tilida tushuntiradi.
Moskvadagi “Sadovod” savdo markazida kuniga o‘rtacha ikki mingdan ziyod migrant emlanmoqda
“Men Bransk viloyatida tibbiyot kollejida o‘qidim”, - deydi u. – 2017-yili uni tamomlagandan so‘ng Moskvaga ko‘chib kelib, ishlay boshladim. Pandemiya boshlanganda avval boshdan kovid brigadasida edim, endi esa bu yerda ishlayapman”.
Hozirda pilot tarzida ketayotgan mehnat migrantlarini emlash jarayonini tezlashtirish uchun Moskva hukumati emlanish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar ro‘yxatini qisqartirdi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakat fuqarolaridan pasport ma’lumotlari talab qilinadi, xolos. Qolgan migrantlar yana patent, Rossiyada vaqtincha yashash ruxsatnomasi yoki yashash guvohnomasi ma’lumotlarini ilova qilishlari kerak.
1 / 5
Lyudi vozle punkta vaksinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TS "Sadovod" v Moskve.
2 / 5
Meditsinskiy rabotnik vo vremya vaksinatsiya migrantov ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TS "Sadovod" v Moskve.
3 / 5
Rossiyskaya vaksina "Sputnik Layt", primenyayemaya dlya vaksinatsii na territorii TS "Sadovod" v Moskve.
4 / 5
Vaksinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TS "Sadovod"
5 / 5
Vaksinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TS "Sadovod"
O‘zbekistonlik Nazira Toshboltayeva hujjatlarni to‘plash va vaksina olish oson ekanini aytadi. “O‘zimni yaxshi qilyapman”, - deydi u.
O‘zbekistonlik oshpaz Husanboy Erkaboyev ham emlanish jarayonidan mamnun.
“Hammaga emlanishni tavsiya qilaman. Kerak, kovid hozirgacha aylanib yuribdi, - deydi u. – Bu yerda hammasi tez bo‘lib o‘tdi, asosiysi, xayrixohlik bilan. Seni kulib qarshi olishlari muhim”.
Bunga javob hamshira Yekaterina Borisova mulohaza bildiradi: “Qanday qarshi olmaslik mumkin? Ular o‘zga yurtda, biz ularga hammasini tushuntiramiz. Aytgancha, ular bilan ishlash oson, har birini besh daqiqada emlayapmiz”.
Emlash punktidan chiqishda migrantlarni hamshira Olga kutib turadi. U emlanish to‘g‘risidagi barcha savollarga javob beradi va har bir kishiga yaxshi kun tilaydi.
“Tibbiyot sohasida ishlab turib, umuman odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lasan, lekin biz xorijliklar bilan ishlashni boshladik va ularga yanada alohida e’tibor qaratishga intilyapmiz, - deydi Olga. Ko‘proq odamlar emlanishi va kovid bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishini istaymiz”.
Delivery Club migrant-kuryerlari kovidga qarshi emlanadi
Avvalroq Rossiya SSV jamoaviy immunitet shakllanishi uchun kuzga qadar aholining kamida 60 foizini koronavirusga qarshi emlash vazifasini qo‘ygan edi.