Jazirama, o‘limlar ko‘payishi: Kanada yozni qanday boshdan kechirmoqda

Kanadaning turli shaharlarda so‘nggi bir necha kun ichida favqulodda yuqori harorat kuzatilmoqda.
Sputnik
1 / 8

Kamida 486 kishi Kanada g‘arbidagi Britaniya Kolumbiyasi viloyatida kuzatilgan anomal issiq ob-havo qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

2 / 8

Britaniya Kolumbiyasi viloyatida o‘rmon yong‘inlari ham kuzatilmoqda.

3 / 8

Ayrim joylarda vaziyat chidab bo‘lmas darajada, ko‘chaga chiqish deyarli imkonsiz.

4 / 8

Bunday ob-havo sharoitida surunkali kasalliklarga chalingan odamlar, asab kasalliklari bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, konditsionersiz xonalarda ko‘p vaqt o‘tkazadigan yolg‘iz odamlar va shahar aholisi xavf ostida hisoblanadi.

5 / 8

Tibbiyot xodimlari aholiga ko‘chada kamroq yurish, ko‘proq suv ichish va bosh kiyimda bo‘lish zarurligini tavsiya qilishmoqda.

6 / 8

Vankuver shahri politsiyasi to‘satdan o‘limlar haqida 65 ta xabar kelib tushganini bildirgan.

7 / 8

Taxmin qilinishicha, bu odamlarning o‘limi yuqori havo haroratiga bog‘liq. O‘lganlardan ko‘pi pensionerlar bo‘lgan.

8 / 8

Mahalliy meteoburo ma’lumotlariga qaraganda, 30-iyun kuni Litton shahrida havo haroratining mutlaq rekordi qayd etilgan. Havo 49,5 darajagacha isib ketgan.