TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskva va Astraxan viloyatida “Islom davlati”* a’zolari uyushtirishni rejalashtirgan teraktlarning oldini oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki nafar Rossiya fuqarosi bir vaqtning o‘zida odamlar gavjum joyda o‘qotar va sovuq quroldan foylalanib, Moskva va Astraxan viloyati aholisiga hujum qilishni rejalashtirishgan. Ular terrorchilik tuzilmasi rahbarlarining ko‘rsatmalariga binoan harakat qilishlari kerak bo‘lgan.
Astraxan viloyatida jinoyatchini qo‘lga olishda u qurol bilan qarshilik ko‘rsatgan va javob o‘ti bilan yo‘q qilingan. Ikkinchisi Moskvada qo‘lga olingan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti