TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Bosh prokuratura samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish maqsadida “YER NAZORATI” maxsus telegram-bot dasturini ishga tushirdi.
Ushbu telegram-bot orqali fuqarolar o‘z hududidagi yer maydonlaridan foydalanish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishi va boshqa holatlar haqida tezkor ma’lumot berishlari mumkin.
“Unutmang, yerning har bir qarichi – Sizu bizning, xalqimizning mulkidir!”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlar haqida xabar berganlar rag‘batlantirilishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.