Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iyulda Toshkentga keladi

Toshkentda 15-16 iyul kunlari “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul – Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani yuqori darajadagi xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun 15-16 iyul kunlari Toshkentga keladi. Bu haqida qo‘shni davlatning tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvays Nab xabar qildi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

“Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti, aksariyat davlatlar o‘z ishtirokini tasdiqlagan, ushbu muhim anjumanda ishtirok etadi. Biz – Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi ham buning ustida ishlamoqdamiz. Bu yerda mintaqamiz rivojlanishini muhokama qilish uchun olimlar to‘planishadi”, - dedi Mirvays Nab.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 15-16 iyul kunlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagigi yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.
Unda barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston va Pokiston, AQSh va boshqa davlat vakillari ishtirok etadi. Anjumanning asosiy mavzusi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va hududiy xavfsizlik masalalarilir.