TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Toshkentdan Pokistonning Lohur shahriga aviaqatnovlarni qayta tiklamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent – Lohur o‘rtasidagi parvozlar 2-iyuldan amalga oshiriladi. Ular haftada bir marotaba – juma kuni bajariladi.
Yaqin kunlarda mo‘ljallangan reyslarga chiptalar 3,4 million so‘mdan boshlanadi.