O‘zbekistonda 487 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 3 nafar bemor vafot etdi

Yangi kasallanish holatlari mamlakatning barcha regionlarida, eng ko‘pi Toshkent shahri va Samarqand viloyatida aniqlangan
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda kecha 487 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilib, kasallanganlar soni 110 677 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Yangi kasallanish holatlari mamlakatning barcha regionlarida aniqlangan.
O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 107063 (+647) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 736 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2878 nafar bemor davolanmoqda.