Moskvadagi “Sadovod” savdo markazida kuniga o‘rtacha ikki mingdan ziyod migrant emlanmoqda

29 iyundan “Sadovod”da migrantlarni kovidga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash boshlangan.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Moskadagi “Sadovod” savdo markazi oldida kuniga o‘rtacha ikki mingdan ziyod migrant koronavirusga qarshi emlanmoqda. Bu haqda shahardagi 175-sonli poliklinika bosh shifokori Andrey Fedoruk ma’lum qildi.
29 iyundan “Sadovod”da migrantlarni kovidga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash boshlangan.
“Har soat bir guruh jamoa keltirilmoqda, bir soatda 120 nafargacha kishini emlayapmiz. Bu yerda bir sutkada o‘rtacha 2 mingdan ziyod kishi emlanishi mumkin”, - dedi shifokor. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Delivery Club migrant-kuryerlari kovidga qarshi emlanadi
Chet el fuqarolarini emlash ish beruvchilarning arizasida binoan amalga oshirilmoqda. Emlash pulli bo‘lib, uning narxi 1300 rublni tashkil etadi. “Sadovod”dgi emlash punkti soat 8:00 dan 20:00 ga qadar ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyundan Moskvada migrantlarni emlash punktlari ochilgani xabar qilingan edi.