Ma’lum qilinishicha, 1997-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Volgograd-Moskva trassasida GAZ 322131 (“GAZel”) avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada avtomobil yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan.
Hozirda haydovchi Volgograd shahridagi 25-sonli shahar klinika kasalxonasining jonlantirish bo‘limida. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan yo‘lovchilar YTH oqibatida yengil tan jarohati olgan va yuqorida tilga olingan tibbiyot muassasasiga ko‘rikdan o‘tish uchun yuborilgan.
“Vaziyat Bosh konsulxona nazorati ostida”, - deyilgan xabarda.