Xushtoridan suratlarni tarqatmaslik uchun 200 mln so‘m olgan ayol yana pul olayotganda ushlandi

Ayol fuqarodan bilan birga ishqiy munosabatda bo‘lgan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun muntazam pul talab qilib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, pul undirgan ayol ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, G. ismli ayol fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda bo‘lgan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitgan. Tarqatmaslik evaziga 85 mln so‘m talab qilgan. Shundan 10 mln so‘mini o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan vaqtida ushlangan.
Samarqandda o‘qituvchi 21 yoshli qizning suratlarini tarqatmaslik uchun 400 $ so‘radi
Bundan tashqari, G. joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ning 200 mln so‘mdan ortiq pulini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Bunda ham suratlar va videolarni tarqatish bilan qo‘rqitgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.