Turk mega loyihasi “Istanbul” kanali Rossiya dengiz flotiga xavf soladimi?

Turkiyada qurilishi boshlangan yangi loyiha - Marmar va Qora dengizlarni tutashtiruvchi "Istambul" kanali kimga foyda va kimga zarar keltiradi?
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik, Sofya Melnichuk, Kseniya Melnikova.
Turkiyaning yangi mega loyihasi - Marmar va Qora dengizlarni tutashtiruvchi "Istambul" kanali qurilishi boshlandi. Yangi kanal Bosfor bo‘g‘ozining muqobiliga aylanishi va Turkiya g‘aznasiga yirik daromad olib kelishi kerak.
Lekin yangi kanal qo‘shni davlatlar va ekologlarni xavotirga solmoqda. Ekologlar hududning flora va faunasiua jiddiy zarar yetkazishidan xavotir olishayotgan bo‘lsa qo‘shnilar Montryo doktrinasi haqida xavotir olishmoqda.

Tarixda eng yirik

“Bugun biz Turkiya rivojlanish tarixida yangi varaqni ochmoqdamiz. “Istanbul” kanali ustidan qurilayotgan ko‘prikning tamal toshini qo‘ymoqdamiz, deb tantanali e’lon qildi Erdo‘g‘on. – Yangi ko‘prikning shaharga, Turkiyaga va butun xalqimizga foydasi tegsin”.
Erdo‘g‘on aytishiga ko‘ra, yangi kanal qurilishi borasida barcha kerakli izlanishlar, jumladan uning atrof-muhitga ta’siri ham o‘rganib chiqilgan. Kelajakda bo‘g‘oz atrofida ko‘p qavatli uylar va mikrorayonlar, bog‘lar va turistik obyektlar, texnologiya rivojlanish hududlari quriladi.
Proyekt kanala "Stambul"
“Istanbul” kanali Bosfor bo‘g‘oziga trasnport bosimni kamaytirishi kutilmoqda. So‘nggi vaqtlarda qatnovlar soni oshishi munosabati bilan u shahar uchun doimiy xavf manbaiga aylanib borayotgan edi. Xususan Bosfor bo‘g‘ozidan yiliga 25 ming dona kema o‘tishi - maqsadga muvofiq (optimal) hisoblanadi. Mutaxassislar 2050-yilga kelib Bosfor bo‘g‘ozidan yiligia 50 ming kema o‘tishi mumkinligini bashorat qilishgan edi.
“Har yili Bosfor orqali 45 ming kema o‘tadi. Har birik yirik kema shahar uchun xavf tug‘diradi. Kemalar har xil yuk tashiydi, har qanday avariya xavfga aylanishi, yong‘inlar, vayronagarchiliklar, jumladan madaniy yodgorliklarg zarar yetkazishi mumkin”, - deb tushintirdi Erdo‘g‘on o‘z nutqida.
Haqiqatdan ham, Bosfor kanalida tez-tez turli hodisalar bo‘lib turadi. Masalan may oyining oxirida boshqaruvni yo‘qotgan tanker tufayli u yerda harakat to‘xtatilgan edi.
“Istanbul” kanali qurilishiga 6-yil vaqt va 15 milliard dollar xarajat qilish rejalashtirilgan. Mablag‘larning bir qismi xorijdan olib kelinadi. Masalan Qatardan. Erdo‘g‘on Doxa shahridan aksariyat hollarda ko‘p milliarli investitsiyalar bilan qaytib keladi. Yangi kanal 15-yil ichida o‘zini oqlaydi. Kutilayotgan daromad – yiliga bir milliard dollar.
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini ta’minlaydi
Bu Turkiyaning eng yirik infratuzilmaviy tashabbusiga aylanadi. Yangi kanal uzunligi – 45 km va eng tor joyi kengligi – 175 metrni tashkil qiladi. Bosfor uzunligi – 30km, eng tor joyi kengligi – 700m. Yangi “Istanbul” kanali kuniga 185tadan ortiq kema o‘tkazishi mumkin. Bosfordan esa kuniga - 118-125ta kema o‘tadi.
Erdo‘g‘on ushbu kanal qurilishi haqida 10-yildan buyon gapirib kelmoqda, lekin yangi loyihani barcha ham qo‘llab-quvvatlamayapti. Masalan, Istanbul shahar meri Ekrem Imamoglu – unga qarshi.
Ekologlar ham bundan norozi: Qora dengizda suv sathi pasayishi mumkin. Marmar dengizida esa ekotizim buzilishi mumkin. Yer qimirlashlari ham sodir bo‘lishi, Istanbul chuchuk suv ta’monoti ham xavf ostida qolishi mumkin – yangi kanal chuchuk suv zahiralarini ham o‘z ichiga oladi. Ular hatto referendum o‘tkazishni talab qilishgan edi.

Dengiz xavfsizligi

Montryo doktrinasi taqdiri esa - alohida masala. Ushbu doktrina Qora dengizga Bosfor va Dardanella bo‘g‘ozlari orqali kirishni nazorat qiladi. Doktrinaga ko‘ra, ushbu bo‘g‘ozlar tijorat kemalari harakatlanishi uchun bepul. Turkiya bunday daromad olmaydi.
Lekin Qora dengiz atrofida joylashmagan davlatlarning harbiy kemalari o‘tishi nazorat qilinadi: ular Qora dengizda 3 haftadan ortiq bo‘la olmaydi va ularning umumiy tonnaji 45 ming tonnadan oshmasligi kerak.
Turkiya kemalarga qarshi raketani sinovdan o‘tkazdi - video
Aprel oyida Turkiya Montryo shartnomasidan chiqishni istayotgani va bunga qarshi bo‘lgan admirallarning hibsga olinishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng prezident Erdo‘g‘on – konvensiya o‘z kuchida qoladi, deb e’lon qildi. Lekin yangi kanal bitganidan so‘ng Anqarada Montryo shartnomasini shartlarini aylanib o‘tish imkoni paydo bo‘lishi mumkin.
Turkiya olg‘a surayotgan g‘oyaga aslida qiziq: Istanbul Montryo Konvensiyasiga zid emas va bir vaqtning o‘zida Anqaraning obro‘yini oshiradi, deydi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti ilmiy xodimi Vladimir Avatkov.
“Boshqacha qilib aytganda, loyiha konvensiyaga bog‘liq emas va unga bo‘y so‘nmaydi, chunki bu sun’iy inshoot. Kelajakda u Montryo doktrinasiga xavf solishi mumkin”, - deydi ekspert.
Montryo shartnomasi a’zolari, Qora dengiz atrofidagi davlatlar ham ushbu kanal qurilishini ma’qullashmaydi. Faqat Qora dengizda G‘arbiy kuchlar sonini oshirish tarafdori bo‘lgan Ukraina va Gruziya uni yoqlashmoqda, - deydi Sharqshunoslik institutining Turkiya bo‘limi ilmiy xodimi Amur Gadjiyev.
Turkiya Markaziy Osiyoda qanday rol o‘ynaydi – ekspertlar fikri
Turk rahbariyati ushbu loyihani g‘arbiiy va Qora dengiz atrofida bo‘lmagan davlatlar uchun jozibador qilishni istaydi. Lekin Ruminiya, Bolgariya va Yunonistonga bunday kelajak yoqmayapti.
“Qrim yaqinida Britaniya kemasi bilan sodir bo‘lgan provokatsiya kabi holatlar takrorlanmasligi uchun, Rossiga ham buning keragi yo‘q. Moskva Qora dengiz atrofida bo‘lmagan davlatlar, ayniqsa NATO Montryo shartnomasini aylanib o‘tib Qora dengiz akvatoriyasida bo‘lish huquqini olishini istamaydi”, - deydi Gadjiyev.
AQSh, Britaniya va NATOning boshqa yetakchi davlatlari boshqa fikrda: Montryo shartnomasi eskirgan degan bahonada Qora dengizda harbiy kemalar sonini oshirmoqchi.

Huquqiy holatlar

“Yangi kanal orqali Qora dengizga NATO kemalari kirib kelish xavfi – asossiz”, deb hisoblaydi sharqshunos va publitsist Andrey Ontikov.
“Xoh bu Istanbul yoki boshqa kanal bo‘lsin – Montryo doktrinasi faqat Bosfor yoki Dardanella bo‘g‘ozi orqali kirib kelgan emas, umuman ushbu hududga tegishli bo‘lmagan harbiy kemalarning Qora dengizda bo‘lishini belgilaydi. Ya’ni agar amerika aviatashuvchi kemalari u yerga yangi Istanbul kanali orqali kirib kelsa ham, bu baribir konvensiya buzilishi bo‘ladi”, - deydi mutaxassis.
Agar Rossiya va Turkiya munosabatlari keskin yomonlashsa, bu borada turli tortishuvlar kelib chiqishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan yangi kanaldan foydalanish qoidalarini hujjat sifatida belgilab olish kerak”, - deydi Ontikov.
Nima bo‘lganda ham, Montryo doktrinasmi birinchi navbatda Turkiya foydasiga ishlaydi. U Anqara manfaatlarini himoya qilish uchun maxsus yaratilgan, deydi Shimoliy Amerika izlanishlar markazining dengiz huquqlari bo‘yicha mutaxassisi Pavel Gudev.
“Turkiya xulq-atvorini o‘zgartirish”: G‘arb nima uchun Erdog‘anni jazolamoqda
“Lekin shartnomaga o‘zgarish kiritish oson ish emas. Buning uchun xalqaro anjuman chaqirish va unda ishtirokchilarning to‘rtdan uch qismining ovozini to‘plash kerak bo‘ladi. Bu esa – deyarli amalga oshmaydigan ish. Chunki, Rossiya hech qachon rozi bo‘lmaydi, boshqa ishtirokchilari ham rozi bo‘lishi amri mahol. Turkiyaning o‘zi esa bir tomonlama shartnomadan chiqmaydi, lekin u boshqacha yo‘l tutishi mumkin: kanal va bo‘g‘oz orqali o‘tayotgan kemalarni nazorat qilishni to‘xtatib qo‘yishi yoki ularning buzilishini payqamay qolishi mumkin. O‘shanda boshqalar konvensiya o‘z vazifasini bajarmayapti, uni o‘zgartirish kerak degan xulosaga kelishi mumkin”,. – deyti Gudev.
Hozircha, yangi kanal qurilishi Montryo doktrinasi buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlar asossiz. Turkiya rahbariyati ham uni o‘zgartirishni istamasligini ma’lum qilmoqda. Yangi kanal maqomi ham hozircha hech qanday belgilanmagan. Ushbu diskussiyaning o‘zi ham Anqara nafaqat o‘z hududida balkim dunyo arenasida salmoqli ishtirokchi bo‘lishga intilmoqda. Turk rahbariyatining ishtiyoqlariga alohida e’tibor berish kerak.