TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Gamaleya nomidagi Milliy Milliy Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi "Sputnik V" vaksinasi koronavirusning delta yoki “hind” shtammiga qarshi 90 % samaradorligini ma’lum qildi.
“YeMIAS va YeGISZ elektron tizimlari orqali to‘plangan ma’lumotlarga asosan, "Sputnik V"ning “hind” shtammiga qarshi samaradorligi 90% darajasida saqlanib qoladi”, - dedi Gamaleya Markazining ilmiy ish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Denis Logunov "Rossiya Segodnya"da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Logunov aytishiga ko‘ra, vaksina samaradorligi turli uslublar yordamida baholangan. Emlanganlar qon zardobida hind shtammiga qarshi samaradorlik 2,6 baravar kamayishni ko‘rsatgan bo‘lsada, bu faqat bir ko‘rsatgichdir xolos. Bu vaksinaning umumiy samaradorligi pasayganini anglaytmaydi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirusning hind shtammi (V.1.617) ilk bor o‘tgan yilning oktabr oyida aniqlangan edi. Keyinroq unga delta shtamm deb nom berishdi. JSST mutaxassislari koronavirusning ushbu ko‘rinishini eng xavfli deb atadi va kelajakda dominant turga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi. Delta shtamm virusning boshqa turlariga qaraganda 2 baravar yuqumliroq va shu bilan birga mutatsiya qilishda davom etmoqda. Yaqinda Nepalda “Delta plyus” shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar qilindi.