Qashqadaryoda kater ko‘l o‘rtasida qolib ketdi: FVV odamlarga yordam berdi - video

Qashqadaryoda FVV xodimlari kichik kemada suzib yurgan odamlarga amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Qashqadaryoda FVV xodimlari kichik kemada suzib yurgan odamlarga amaliy yordam ko‘rsatdilar.
Hodisa kecha tunda Qarshi shahrida sodir bo‘lgan.
16 yo‘lovchidan iborat kichik kema (kater) ko‘lning sayozligi bois, uning o‘rtasida qolib ketgan. Ushbu holatdan chiqib ketish uchun bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, kema egasi Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhini yordamga chaqirgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kemani sohilga yetkazib, yo‘lovchilarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilishgan. Hodisadan jabrlanganlar yo‘q.