O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston va Turkiya yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini yiliga 5 milliard dollarga yetkazishni ko‘zlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqiladi. Uni qabul qilish masalalarini O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiya vitse – prezidenti Fuat Oktay muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganligi va hozirgi vaqtda ham pandemiyaga qaramay, jadal rivojlanayotganligi qayd etildi.
Shu nuqtayi nazardan, oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga, xususan, Strategik hamkorlik Kengashining joriy yildagi 2-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiy sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Yaqin kelajakda o‘zaro savdo hajmini yiliga 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan yakdil fikrlar bildirildi.
“Ikki mamlakat o‘rtasida Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish masalalari muhokama qilindi. Mavjud masalalar bo‘yicha yakuniy kelishuvlarga erishish va yaqin kelajakda ikki tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazish maqsadida ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik yanada jadallashadi”, - deyilgan xabarda.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni va davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohada dolzarb muammolarni hal qilish hamda Turkiya tajribasidan foydalanish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohalari mutaxassislaridan iborat qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy rivojlanish, maxsus iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish va boshqa sohalarda Turkiya tajribasini O‘zbekistonda joriy etish masalalari muhokama qilindi. Turkiyalik ekspertlarni jalb qilgan holda bu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Turkiyalik ekspertlarni jalb qilgan holda bu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya vitse – prezidenti Fuat Oktay ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani va u prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan xabar qilingan edi.