Jazirama tufayli O‘zbekistonda poyezdlar qatnovi jadvali o‘zgarmoqda

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° gacha atrofida bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun - Sputnik. Jazirama tufayli O‘zbekistonda ayrim poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jazirama havo sabab Qarshi-Moskva parvozi kechikdi
"Issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021-yil 7-iyul sanasiga qadar cho‘l hududlarida poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin", - deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston gidromeorologiya xizmati markazidan olingan xabarga ko‘ra, 2021-yil 28-iyundan boshlab mamlakat hududiga Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° gacha atrofida bo‘ladi.