TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Moskvada Delivery Club migrant-kuryerlarni koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda.
Ayni vaqtda Moskvada mehnat migrantlarini emlash uchun ikkita punkt o‘z faoliyatini ochdi. Birinchisi - Saxarovo (Voronovskoe, 64-y km Varshavskogo shosse 1 / 47) migratsiya markazida. Punkt soat 09.00 dan 21.00 gacha ishlaydi. Kuniga 2 mingdan ortiq kishi qabul qilinadi.
Ikkinchisi - "Sadovod" savdo markazi hududida (Verxnie polya 54 / 15), emlash punkti soat 08.00 dan 20.00 gacha ishlaydi.
Moskva meriyasi ma’lum qilishicha, emlash uchun mablag‘ni ish beruvchilar to‘laydi (1300 rubl), emlash sertifikatlari ish beruvchilarga yetkazib beriladi.