Xitoy marsoxodining Qizil sayyoraga qo‘nishi – video

Xitoy milliy kosmik boshqarmasi “Tanven-1” missiyasining Marsga qo‘nishi lavhalarini ko‘rsatdi.
Sputnik
Unda Qizil sayyora sathida "Chjuchjun" marsoxodining parashuti ochilishi va harakatlanishi aks etgan.
Xitoyning "Chjunchjun" marsoxodi "Tanven-1" kosmik apparati bilan 15-may kuni ertalab Marsga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Kosmik apparat o‘tgan yil iyul oyida Xitoy janubidagi Xaynan orolidan uchirilgan edi. U fevral oyi oxirida Mars orbitasiga kirgan. Shundan so‘ng ikki oy davomida qo‘nish uchun mos keladigan joy qidirgan.
Har ikki appara sayyoraning geologik tuzilmasini, yuza qatlam tarkibini va Marsdagi muzliklarning taqsimlanishini o‘rganadi. Shuningdek, ular yordamida elektromagnit va gravitatsion maydonlarning o‘ziga xosligi o‘rganiladi. Bu "Qizil sayyora"ning iqlimi haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi.