Salohiddin Azimov Rossiyaning “SKA Yunost” yoshlar xokkey jamoasiga qabul qilindi

Rossiya xokkeyidagi birinchi o‘zbekistonlik xokkeyichini barcha tabrikladi: sport maktabi direktori, jamoa bosh murabbiyi va hatto Sverdlovsk viloyati sport vaziri o‘rinbosari.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. “Binokor” yoshlar jamoasi xokkeychisi 12 yoshli Salohiddin Azimov Rossiyaning eng taniqli xokkey jamoasi tarkibidagi "SKA Yunost" yoshlar xokkey maktabiga jamoasiga qabul qilindi.
Yangi xokkeychini Yekaterinburg sport maktabida iliq kutib olishdi va muvaffaqiyatlar tilashdi.
“Bizning maktabda yangi oila a’zosi paydo bo‘ldi. 2009-yilda tug‘ilgan. Biz seni tabriklaymiz, sen bizning qatorimizga qo‘shilding! Davay, olg‘a!”, - dedi "SKA Yunost" xokkey maktabi direktori Sergey Nemolodishev.
Yosh xokkeychiga jamoa ramzlari tushirilgan ko‘k futbolka taqdim etildi. Orqa tomonidan 88 raqami va Azimov familiyasi yozilgan.
Igrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vistupat v Rossii
Salohiddinni "SKA Yunost" maktabining katta murabbiyi Aleksandr Antropov ham tabrikladi.
“Men seni tabriklayman! Sen bizning maktabdagi o‘zbekistonlik birinchi xokkeychisan. Sen umuman men ko‘rib turgan birinchi o‘zbekistonlik xokkeychi bolasan. "SKA Yunost" jamoasiga xush kelibsan. Endi birgalikda rivojlanamiz. Tishni tishga bosib mehnat qilamiz!”, - dedi murabbiy yosh sportchiga.
Igrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vistupat v Rossii
Ushbu hodisa viloyat rahbariyati tomonidan ham mamnuniyat bilan qayd etildi. Sverdlovsk viloyati sport vaziri o‘rinbosari Andrey Zablitsev aytishiga ko‘ra, bu Rossiya va O‘zbekiston munosabatlariga ham yaxshi ta’sir qiladi.
“Seni Olimpiada o‘yinlaria O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida kutamiz”, - dedi Zablitsev.
Salohiddin Azimov 5 yoshidan boshlab xokkey bilan jiddiy shug‘ullanib keladi. Ushbu vaqtga qadar u hatto Qozog‘iston bolalar jamoasi tarkibida legioner bo‘lishga ulugurgan. Salohiddining o‘yinini video orqali tomosha qilgan mashhur hokkeychi Pavel Bure uni xokkeyda istiqbolli kelajak kutayotganini va hatto o‘z jamoasiga taklif qilishini va’da bergan edi.
Salohiddining ushbu natijaga erishishiga albatta uning otasi, Toshkentdagi “Binokor” klubi asosichisi va ta’sischisi Alisher Azimovning tutgan o‘rni katta. Bu haqida batafsil bizning intervyuda tanishishingiz mumkin.
Igrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vistupat v Rossii