TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Infeksionist shifokor Yevgeniy Timakov aytishiga ko‘ra, COVID-19ning delta yoki “hind shtammi”ning xavfi nimada ekanini va pandemiyani qachon to‘xtatish mumkinligini tushuntirib berdi.
“Virus kutilganidan ko‘ra tezroq mutatsiya qilmoqda. Boshida virus bizning immun to‘sig‘imizni yengib o‘tishni bilmasdi. Ha, ular baribir zararli edi, lekin aholining 30%ga umumman ta’sir qilmas edi. Hatto kasallanganlar bilan yaqin muloqotda bo‘lganda ham ularga virus yuqmas edi. Virusga bu ma’qul kelmagan shekilli, u o‘zini o‘zi o‘zgartirib, bizga moslasha boshladi”, - deb hikoya qiladi shifokor-infeksionist, tibbiyot fanlar nomzodi, "Lider-meditsina" markazining bosh vrachi Yevgeniy Timakov.
Koronavirusning “uxan turi” o‘tgan yilning kuzidan boshlab o‘zgara boshlagan. Dunyoning turli iqlimlariga tarqalar ekan, virus qulay sharoitlarga tushib qolgan.Shundan so‘ng turli mamlakatlarda turlicha mutatsiyalar paydo bo‘la boshlagan.
Rossiyada ham virusning epidemiologik sezilarni mutatsiyalari bo‘lgan- sibir shtammi va shimoli-g‘arbiy shtamm. Lekin ushbu ko‘rinishlar – patogen bo‘lmagani uchun keng tarqalib ketmadi.
Lekin issiq mamlakatlarda paydo bo‘lgan shtammlar – “braziliya shtammi”, “Janubiy Afrika shtammi”, ”hind shtammi” – jiddiy o‘zgarishga erishib juda xavfli virusga aylangan. Hozir ulardan eng xavflisi – “hind shtammi”. U o‘zida 5ta mutatsiyani mujassamlashtirgan.
“Hind shtammi”ning eng xavfli xususiyati – u oddiy O‘RVI “niqobi” ostida odam immun to‘siqlarini yengib o‘tishi va og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ushbu virusni qanday to‘xtatish mumin, degan savolga Yevgeniy Timakov, hozir insoniyat oldida turgan asosiy vazifa – virus uchun qulay bo‘lgan sharoit va odam gavjum joylarda, virusning undan ham kuchliroq shtammi paydo bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratmaslik, deb javob berdi.
“Qulay sharoit bu – immuniteti pasaygan odamlar, koronavirusga immuniteti bo‘lgan, lekin qayta kasallangan odamlar. Demak virus ularning immunitetini yengib o‘tgan. BIz hozir Hindistonda delta shtammidan tashqari ham delta+ shtammi paydo bo‘lganini ko‘rmoqdamiz. U yanada faol. Hozir asosiy masala - virusning yangi ko‘rinishiniga qarshi kurash emas, umuman pandemiyani qanday tugatishni o‘ylash kerak. Aks holda uzoq yillar davomida qo‘rquv ostida o‘tirishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun inson organizmida virusga qarshi kurashuvchi faol antitanachalar bo‘lishi kerak”, - deydi shifokor.
Shu bilan birga, shifokor antitanachalar kamayishini kutib o‘tirmasdan, vaksina olishni tavsiya qildi. Antitanachalar yuqori bo‘lganda ham vaksina olishmumkin. Buning xavfsizligini turli mamlakatlar va turli platformalarda o‘tkazilgan sinovlar tasdiqlaganini ma’lum qildi.
"Sputnik V"ning samaradorligi yuqori ekanini va u antitanachalar miqdorini kasallik orqali olingan immunitetga nisbatan bir necha barobar ko‘proq oshirishinini yana bir bor eslatib o‘tdi.
“Nafaqat "Sputnik”, balkim barcha platformalarda ishlab chiqilgan barcha vaksinalar kasallik orqali orttirilgan immunitetga nisbatan 1,3 - 1,5 barvar ko‘proq virusni neytrallashtiruvchi antitanachalar ishlab chiqaradi.
“Inson organizmida vaksina yanada samaraliroq faoliyat yuritadi, - deydi mutaxassis. – Nafaqat kasallikka chalinish, sun’iy nafas olish apparati ostiga tushib qolish balkim koviddan so‘nggi sindrom xam juda xavfli. Yoshi 50dan oshganlar orasida u har ikkinchi kasalda uchraydi. U qon, qon hujayralari, endoteliyalar, qon tomirlari, nerv tizimi va umuman barcha organlarga ta’sir qiladi. Buning olidini olish uchun – vaksina yagona vositadir ".
Vaksinaning o‘zi tarkibida hech qanday virus yo‘q. U atromdagilar uchun ham zararli emas. Lekin emlangan odam ham vaksinaning birinchi va ikkinchi dozalari orasida antitanachalar ishlab chiqarmasligi mumkin. Shu sababli ham u kasallikka chalinishi mumkin. Bu holat emlanganlar orasida 2%dan 30%gacha uchrashi mumkin.
“Vaksinaning ikkinchi dozsidan so‘ng ham kasal bo‘lib qolish mumkin, lekin bunda vaksina odamning kasallikning og‘ir oqibatlaridan himoya qiladi. Emlanganlarda kasallik yengil ko‘rinishda va hatto sezilmay o‘tishi ham mumkin, - deydi Timakov. – Lekin bu organizmda virus yo‘q degani emas. Agar emlangan kishiga ham virus yuqsa, u atrofdagilarga yuqtirishi mumkin”.
Shifokor aytishiga ko‘ra, Rossiya va SSSRning sobiq mamlakatlarida emlash jarayoni jiddiy orqada qolgan, emlanganlar soni – 10%dan kam.
Ayrim hukumatlar tomonidan qabul qilinayotgan emlashni faollashtirish choralari, virusolog nuqtayi nazaridan - o‘zini oqlaydi.
Koronavirus pandemiyasini birlamchi vaksinatsiya barqaror o‘tkazila boshlanganidan so‘ng nazoratga olish mumkin, deb hisoblaydi Timakov. Kelajakda esa, virusga qarshi antitanachalarni vaksinaning bir dozasi bilan qo‘llab-quvvatlab turamiz. Buning uchun kamida 2-yil kerak bo‘ladi.
“Virus bizning tanamizga to‘liq o‘rganib olganicha 2-yil vaqt ketadi. Ushbu vaqt ichida insoniyatda ham yetarlicha kollektiv immunitet paydo bo‘ldi”, - deb xulosa qiladi Timakov.