TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupovaning vafot etgani to‘g‘risidagi xabarlar asossiz. Madaniyat vazirligi raddiya bilan chiqdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda xalqning sevimli artisti To‘ti Yusupovaning vafot etgani to‘g‘risida xabarlar tarqalayotgan edi.
“Shuni ma’lum qilamizki, ayni paytda san’atkorning ahvoli yaxshi. Shu bois bu borada OAV vakillari va yurtdoshlarimizdan asossiz xabar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyilgan vazirlik raddiyasida.