TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun, 27-iyundan, Toshkent shahridagi barcha savdo shoxobchalarida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
V torgovix tochkax Tashkente startovala vaksinatsiya naseleniya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Yashnobod tumani markaziy poliklinikasida oilaviy shikofor bo‘lib ishlovchi Hilola Qulahmadovaning ma’lum qilishicha, savdo markazida vaksinaning birinchi dozasini olish mumkin. Buning uchun pasport so‘raladi. Vaksinaning qolgan dozalarini fuqarolar o‘zlari yashaydigan poliklinikalarda olishlari mumkin.
V torgovix tochkax Tashkente startovala vaksinatsiya naseleniya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan emlanish aksiyasi "Men vaksina oldim" (#men_vaksina_oldim) shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilangan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, savdo shoxobchalarida koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan tashqari “Sputnik V” vaksinasi bilan ham emlanish mumkin. Biroq “Sputnik V” vaksinasining miqdori kamligi sababli u hamma nuqtalarga yetkazilmagan. Yaqin kunlarda bu vaksinaning yanada ko‘proq partiyasi olib kelinsa, uning savdo joylaridagi miqdori ko‘paytiriladi.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sputnik muxbiriga O‘zbekiston va Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining birinchi komponentini olganini ma’lum qilgan edi.
O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi koronavirusning "delta shtammiga" qarshi ham samaradordir.