TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga 15-iyulga qadar Rossiyaga ishlashga kelayotgan xorijliklar va fuqaroligi yo‘q shaxslarni emlashni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Tegishli topshiriq Kreml saytida chop qilingan.
Xususan, emlash choralarini moliyalashtirish manbalarini belgilash topshirilgan.
Rossiyada so‘nggi kunlarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda. Bir necha kundan buyon kuniga 20 mingdan ziyod kovid yuqtirib olganlar aniqlanmoqda. Hukumat koronavirus tarqalishining oldini olib maqsadida ba’zi hududlarda ayrim toifidagi fuqarolar uchun emlanishni majburiy qilib belgiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskva merining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakova yaqin kunlarda Moskvada mehnat migrantlari uchun emlash punktlari ochilishini ma’lum qilgan edi. Ular uchun “Sputnik Layt" vaksinasidan foydalaniladi.