Islandiya koronavirusga qarshi cheklovlarning hammasini bekor qildi

U yerda aholining 87 foizi COVID-19 ga qarshi vaksinaning kamida bitta dozasi bilan, qariyb 60 foizi esa to‘liq emlangan.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Islandiya hukumati 26-iyundan mamlakatda koronavirus qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan cheklovlarning barchasini bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
U yerda cheklov choralari o‘tgan yil mart oyida kiritilgan edi. Qayd etilishicha, hozir mamlakat aholisining 87 foizi COVID-19 ga qarshi vaksinaning kamida bitta dozasi bilan, qariyb 60 foizi esa to‘liq emlangan.
Endilikda Islandiya aholisi ijtimoiy masofa saqlamasligi mumkin. Bundan tashqari, niqob taqish talabi hamda ommaviy tadbirlarga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilingan.
“Biz jamiatning qulay va biz shunchalik intilgan turmush tarziga qaytapmiz”, - degan mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Svandis Svavarsdottir.
Bloomberg” agentligi uning so‘zlaridan iqtibos keltirayotib, Islandiya shunga o‘xshash qoidalarni bekor qilgan Yevropadagi birinchi mamlakat bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.