Bu kimning ishi? Qo‘li egri jonzotlarning qo‘lga tushishi

Ba’zan hayvonlar ham o‘zi bilgan va bilmagan holda o‘g‘irlikka qo‘l urib turishadi.
Sputnik
1 / 9

Tailandda och qolgan fil devorni buzib, oshxonaga bostirib kirdi. Play Bunchuay laqabli fil oshxona stolida qoldirilgan bir xalta guruchni olmoqchi bo‘lgan.

2 / 9

Kanadalik sayyohlarning Janubiy Afrikada babuinlarning hujumiga uchrashi.

3 / 9

Istanbulda baliqchining oviga chang solayotgan mushuk.

4 / 9

Brusseldagi bog‘da olmaxon shirinlikni paqqos tushirmoqda.

5 / 9

Baliqchi qush kruassanni ochiq dasturxondan shipirib ketmoqda. Daniya, Kopengagen.

6 / 9

Hindistonda boshi idishga tiqilib qolgan leopard.

7 / 9

Qo‘li egrilikda yenotlarga teng keladigan jonzot yo‘q bo‘lsa kerak.

8 / 9

Rossiyada tulki bemalol sharbatni olib ketmoqda.

9 / 9

Astriyada qahvaga ko‘z olaytirayotgan qush