TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yaqin kunlar ichida Moskvada "Sputnik Layt" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng migrantlar uchun qo‘ylay bo‘lgan joylarda emlash punktlari ochiladi, deb xaar qilmoqda RIA Novosti shahar merining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakovaga asoslanib.
Ayni damda koronavirusga qarshi emlash Rossiyaning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Moskvada 2 mlnga yaqin kishi vaksina olish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga qarshi 4ta vaksina ishlab chiqilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bular 2020-yil avgustida Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqilgan "Sputnik V" vaksinasi, "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan "EpiVakKorona", RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinalaridir. May oyining boshida Gamaleya nomidagi markaz tomonidan to‘rtinchi vaksina - "Sputnik Layt" ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi.