Migrantlar qonunga amal qilish va Rossiyaga zarar yetkazmaslik haqida shartnoma imzolaydi

Rossiya IIV xulosasiga ko‘ra, ushbu tartib migrantlarga qoida va cheklovlar haqida ma’lumot berish va yumshoq ma’muriy-profilaktik chora vazifasini bajarishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. Rossiyaga vizasiz tartibda kirib kelayotgan migrantlar majburiy tartibda daktiloskopiya (barmoq izlari topshirish) hamda viza bilan kirib kelayotgan migrantlar “Qonun qoidalarga amal qilish shartnomasi” (soglashenie o loyalnosti) imzolaydi, deb xabar qilmoqda TASS Rossiya IIVga asosan.
Ushbu tartib Rossiyada ayni damda ishlab chiqilayotgan migratsiya haqidagi yangi qonun konsepsiyasida aytib o‘tilgan.
“Qonun qoidalarga amal qilish shartnomasi” - mehnat migrantlari Rossiya hududida bo‘lish va mehnat faoliyatini amalga oshirishda amaldagi qonun-qoidalardan va ularni buzish oqibatlaridan xabardor ekanini ma’lum qiladi va Rossiyaga zarar yetkazmaslikni va’da beradi, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, shartnomada xorijiy fuqaro qonun-qoidaarni buzishi oqibatida uni Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborish (deportatsiya) qilishga to‘g‘ri kelsa, ushbu jarayon bilan bog‘liq xarajatlarning xorijiy fuqaroning o‘zi qoplash majburiyati yuklanadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Qonun qoidalarga amal qilish shartnomasi” (soglashenie o loyalnosti) Rossiya hududiga viza orqali kirib kelayotgan migrantlar imzolaydi.
IIV ma’lum qilishiga ko‘ra, ushbu chora migrantlarga Rossiyada belgilangan qonun-qoidalar, cheklov va ta’qiqlar haqida ma’lumot berish, ogohlantirish va yumshoq ma’muriy-profilaktik chora vazifasini bajarishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda ruxsat beruvchi hujjatlar muddati tugagan mehnat migrantlariga Rossiyada qolish 2021-yilning 30-sentabriga qadar uzaytirilgan.