Bitiruv kechasi soat 20:00da Saroy maydonida konsert bilan boshlandi. Turli shaharlardan kelgan maktab bitiruvchilari shahar ko‘chalarida ommaviy sayl uyushtirishdi. Pandemiya munosobati bilan tadbirlar biroz cheklangan bo‘lsa-da, baribir juda ko‘p odam jamlandi.
Tungi soat 1lar atrofida teatrlashtirilgan tomosha boshlandi va salyut otildi. Shundan so‘ng klassik musiqa sadolari ostida Neva darosi bo‘ylab “Rossiya” alvon rangli yelkanli kemasi suzib o‘tdi. Kemaning eshkaklari o‘rnida projektorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular suv sathidan misli eshkak kabi harakatlandi.
“Alvon yelkanlar” bu Aleksandr Grinning 1920-yilda yozilgan "Alie parusa" nomli asaridan olingan timsol bo‘lib so‘nmas orzu ramzidir. Grin asarida Assol ismli qiz hech narsaga qaramasdan o‘z orzusiga sodiq qoladi va kunlarning birida, darhaqiqat, mo‘jiza yuz beradi. U orzu qilgan alvon yelkanli kemada uning sevgilisi keladi. Aytish joizki o‘sha vaqtlarda barcha yelkanlar oq rangda bo‘lgan.
Rossiya bitiruvchilari uchun alvon yelkanlar, katta hayotga yo‘l olishdan oldin o‘z orzularni unutmaslikni va har doim ularga sodiq qolishni eslatib turuvchi ramzdir.
Ushbu ajoyib tomoshani videolavhamizda tomosha qiling.