Uralmashzavod va Enter Engineering Olmaliqda yangi kombinat quradi

Kelgusi yilda Olmaliqda yangi mis boyitish korxonasi ishga tushadi. Uning qiymati 2 mlrd. dollar, quvvati - 60 mln. tonna.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. Rossiyaning eng yirik korxonalaridan biri bo‘lgan PAO “Uralmashzavod” (Gazprombank guruhi) va Enter Engineering “Olmaliq” tog‘-metallurgiya fabrikasi (AGMK) uchun yangi mis-boyitish korxonasi qurib beradi.
Shartnoma to‘liq sikl bo‘lib - loyihalashtirish, uskunalar sotib olish va kombinatni qurish ishlarini o‘z ichiga olgan. Loyiha qiymati 2 milliard dollar, qurib bitkazish muddati – 2023-yil.
Hujjatda aytilishiga ko‘ra, Enter Engineering – obyektni loyihalashtirish va qurish ishlari olib boradi, UZTM esa – 100dan ortiq texnologik uskular to‘liq majmuasini yetkazib beradi. Yangi korxonaning yillik quvvati 60 mln tonna bo‘ladi.
Olmaliq TMK “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirmoqda. Bu zamonaviy texnologiyalar yordamida qazib olinayotgan va qayta ishlanayotgan ruda miqdorini oshirish imkonini beradi. Ushbu kon ishga tushganidan va “Kalmakir” koni bilan birlashtirilganidan so‘ng – dunyoda eng yirik konga aylanadi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda imzolangan shartnoma eng muhim qadamdir”, - dedi Bahodirjon Sidiqov, loyiha ofisi direktori.
Sidiqov aytishiga ko‘ra, ushbu shartnomani imzolashga, taklif qilishgan narxlar va shartlar hamda ishga tushirish muddati bo‘yicha yuqor raqobatbardoshligi asos bo‘lgan. Undan tashqari loyihani amalga oshirishda mahalliy resurslardan foydalanish va ehtiyot qismlarni lokalizatsiya qilish imkoniyatlari ham o‘rganilgan.