Toshkentdagi kafeda kuchli yong‘in yuz berdi

“Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Bugun soat 14:20da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko‘chasida joylashgan “Peggy ‘ s Bar & Grill” MChJ binosi va unga tutash bo‘lgan uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:27da yetib borgan. Yong‘in soat 14:48da o‘rab olinib, soat 15:03da batamom o‘chirildi.
Karmana tumanidagi ohak sexida kuchli yong‘in yuz berdi – ishchi halok bo‘ldi
Yong‘indan “PEGAS BAR GRIL” MChJ binosining 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash bo‘lgan uyning 30 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kv.m maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.