TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sog‘ayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:
📌 “Qizil” toifadagi hududga – Toshkent shahri;
📌 “Sariq” toifadagi hududlarga – Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.
Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida o‘zgarish bo‘lgan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka e’lon qilib boradi.