TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqladi.
“Bugun Saida Shavkatovna M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot bo‘yicha dissertatsiya yoqladilar.
Fond jamoasi nomidan Sizni ushbu muhim voqea bilan tabriklagan holda, kelgusi ilmiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman”, - deb yozdi Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov.