Oltin medal uchun 200 ming $: o‘zbek sportchilari pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi

Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari 200 ming dollarigacha pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. “2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini ta’minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Tokio Olimpiadasiga o‘q otish sportida ikkita litsenziyani qo‘lga kiritdi
Qaror bilan 2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, o‘yinlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:
🥇 oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
🥈 kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
🥉 bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari.
Mazkur xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.