Bank-moliya akademiyasi Germaniyada o‘z vakolatxonasini ochadi

Pandemiyaga qaramay, Akademiya xalqaro aloqalarni faol rivojlantirmoqda; Rossiya va Qozog‘istonning yetakchi biznes maktablari bilan hamkorlik to‘g‘risida Memorandumlar imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Bank-moliya akademiyasi xalqaro aloqalarni rivojlantirishda davom etmoqda, jumladan akademiya Germaniya Federativ Respublikasida o‘z vakolatxonasini ochadi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga akademiya matbuot-xizmati.
"Germaniyaning fan va ta’limdagi muxim rolini inobatga olgan holda, Akademiya Leybnis nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Hamkorlik to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida ilm-fan, ta’lim va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Bank-moliya akademiyasi va Leybnis nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti mutaxassislarining sa’y-harakatlarini birlashtirishga imkon beradi. Akademiya talabalari va o‘qituvchilari Germaniyada amaliyot va malaka oshirish uchun yuboriladi.", - dedi matbuot-xizmati vakili.
Leybnis nomidagi Fanlararo tadqiqotlar instituti (LIFIS) 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z vazifasini umuman ilm-fan sohasida xususan, Berlin Leybnis ilmiy jamiyatida, shuningdek, ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida amaliy aloqalarni boshlash va qo‘llab-quvvatlashda ko‘radi.
Shuningdek LIFIS chet ellik hamkorlar bilan fanlararo muloqotni tashkillashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha ilmiy konsultatsiyalar o‘tkazadi.
LIFIS Yevropa qayta tiklanadigan energiya assotsiatsiyasi (EREC) va Biocon Valley xalqaro biotexnologiya kompaniyasi kabi nufuzli tashkilotlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Germaniya Markaziy Osiyoda faqat O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettiradi - DW
Ma’lumot o‘rnida: Bank-moliya akademiyasi 25-yildan beri banklar va moliya institutlari uchun menejerlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelayotgan bazaviy oliy o‘quv yurtidir.
Akademiyaning to‘rt ming bitiruvchisi orasida yirik davlat va xususiy banklar, hukumat idoralari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari bor.
Milliy Bank ko‘magida Akademiya texnologiya, ilm-fan va tadbirkorlikni birlashtiruvchi, mamlakat va butun Markaziy Osiyo mintaqasining eng yaxshi ongini o‘rganishga jalb qiluvchi xalqaro ta’lim markazini yaratishni nazarda tutuvchi uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirmoqda.
Jahon banki O‘zbekiston soliq sohasidagi islohotlar uchun 60 mln dollar ajratadi
Bugungi kunda o‘quv butunlay qayta ishlab chiqilgan innovatsion ta’lim dasturi bo‘yicha olib borilmoqda, unga ko‘ra 50% dan ortiq fanlar AQSh, Shveysariya va Rossiyadan kelgan chet ellik o‘qituvchi-amaliyotchilar tomonidan o‘qitiladi. Akademiya talabalari raqamli bank va moliyaviy texnologiyalarga yangicha yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda.
Pandemiyaga qaramay, Akademiya xalqaro aloqalarni faol rivojlantirmoqda; Rossiya va Qozog‘istonning yetakchi biznes maktablari bilan hamkorlik to‘g‘risida Memorandumlar imzolandi.
Ta’kidlash joizki, yangi o‘quv yilida Akademiya 400 nafar bakalavr va magistrlarni qabul qiladi va abituriyentlarni ro‘yxatga olish www.qabul.bfa.uz veb-saytida allaqachon ochiqligini ma’lum qiladi.