Antirekord: O‘zbekistonda bir sutkada 476 nafar koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Toshkent shahri (135) va Samarqand viloyatida (89) aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Kecha O‘zbekistonda koronavirus holati bo‘yicha antirekord o‘rnatildi. 476 nafar kishida kasallik qayd etilib, ikki nafar bemor vafot etdi, deb xabar beradi SSV.
2021 yil 24-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108 184 nafarni tashkil etmoqda.
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi Toshkent shahri (135) va Samarqand viloyatida (89) aniqlangan.
️Kecha kun davomida 535 bemor kasallikdan sog‘aygan va tuzalgan bemorlar soni jami 104 007 nafar(96 %)ga yetgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 725 nafarni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3452 nafar bemor davolanmoqda.