Toshkent viloyatida mashhur brendlarning sport liboslarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Zamonaviy tayyor kiyim ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi uchun 6 million dollar investitsiya ajratiladi
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Janubiy Koreyaning “Youngone Corporation” korporatsiyasi asoschisi Kixak Sung bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yangi investitsion loyihani amalga oshirish, zamonaviy kiyimlar ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xokim Tashkentskoy oblasti Davron Xidoyatov vstretilsya s osnovatelem yujnokoreyskoy korporatsii YOUNGONE CORPORATION Kixakom Sungom
Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi 40-yildan ko‘proq vaqt mobaynida tayyor tikuv mahsulotlari, poyabzal va turli xildagi texnik tekstil mahsulotlari ishlab chikarish sohasida dunyodagi “birinchi raqamli” korporatsiya hisoblanadi.
Shu bilan birga, u Nike, Adidas va Lacost kabi dunyoning eng taniqli brendlariga tayyor kiyim-kechak yetkazib beradi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, zamonaviy tayyor kiyim ishlab chiqarish fabrikasini qurish loyihasi uchun 6 million dollar investitsiya ajratiladi. Buning natijasida 700 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.