Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatga baho berdi

Rossiya mudofaa vaziri Afg‘onistondagi vaziyatni yo‘lga solish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan choralar zarurligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish kechiktirib bo‘lmaydigan qaror qabul qilish va xalqaro hamkorlikni talab etadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doirasida ham yangi sharoitlarda tashkilot a’zolarining mudofaa qobiliyatini oshirish yuzasidan zaruriy choralar ko‘riladi”, - dedi Shoygu Moskvadagi Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada.
U Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlar a’zo Shanxay hamkorlik tashkiloti imkoniyatlarini jalb qilish zarurligini ta’kidladi.
Rossiya vaziri NATO 20-yil ichida Afg‘onistonda natijaga erishmagani, alyans ketgandan keyin u yerda fuqarolar urushi ehtimoli yuqori ekanini ma’lum qildi.
“Afg‘onistonda vaziyat rivojlani ham chegaradosh mamlakatlar, ham xalqaro tashkilotlarning jiddiy e’tiborini talab qiladi. Tan olish kerakki, mamlakatda G‘arb alyansi harbiy guruhining 20-yil ichida bo‘lishida u barqarorlashishda va davlat boshqaruvining mustahkam tuzilishini shakllantirishda muhim natijalarga erisha olmadi”, - dedi Shoygu. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirgan.
“NATO kuchlarining olib chiqilishidan keyin barcha salbiy oqibatlar bilan fuqarolar urushi qayta boshlanishini yuqori ehtimol bilan kutish mumkin: aholi turmushining yanada yomonlashishi, ommaviy migratsiya, qo‘shni mamlakatlarga ekstremizm tarqalishi”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.
OAV: “Tolibon”* Tojikiston bilan chegaradosh Sherxon shaharchasini egallab oldi