Shavkat Mirziyoyev Martin Chungongni qabul qildi

O‘zbekiston va Parlamentlararo ittifoq bilan tajriba almashish, qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning bosh kotibi Martin Chunkongni qabul qildi.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglikni ta’minlash, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.
Martin Chungong ham o‘z navbatida O‘zbekistonda parlamentarizmni rivojlantirishdagi sezilarli yutuqlarni qayd etdi va bu boradagi global tashabbuslarini yuqori baholadi.
Tajriba almashish, qator xalqaro tadbirlarni birgalikda tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston parlamentlararo ittifoqda ishtirokini 2017-yilda qayta tiklagan edi. 2021-yilda Oliy Majlis tomonidan Parlamentlararo ittifoq bilan ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash to‘g‘risida alohida hujjat qabul qilindi.