Rossiya va O‘zbekiston orasida “Agroekspresslar” yo‘lga qo‘yiladi

“Agroekspress” - Rossiya va O‘zbekiston orasida agrosanoat yuklarini refrijerator konteynerli poyezdlarda tezkor yetkazib berish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Rossiya eksport markazi hamda “RJD Logistika” O‘zbekistonga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tezkor yetkazib berish uchun “Agroekspresslar” yuborishni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar qilmoqda Rossiya Eksport Markazi.
Ushbu haqidagi kelishuv 22-iyun kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin hamda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida imzolandi. Rossiya tomonidan shartnomaga “RJD Logistika” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Murev imzoladi. O‘zbekiston tomonidan esa - “Uzagrologistics Centers” MChJ bosh direktori Noufalbek Sabirov imzo chekdi.
Hujjatda aytilishiga ko‘ra, “Agroekspress” loyihasi doirasida tomonlar agrosanoat yuklarini refrijerator konteynerli poyezdlarda Rossiyaning “Selyatino” bekati va O‘zbekistonning “Chuqursoy” va “Sergeli” bekatlari orasida tezkor yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.
Kelajakda ushbu loyiha boshqa yo‘nalishlar orasida ham ishga tushirilish rejalashtirilgan. Undan tashqari loyiha doirasida sanoat mahsulotlari hamda transport va logistika xizmatlari eksportini yo‘lga qo‘yishga ham kelishib olindi.
Rossiya va O‘zbekiston orasida temiryo‘l transport aloqalari rivojlanishi – istiqbolli yo‘nalish, deb hisoblaydi 2RJD Logistika” bosh direktori Murev. Uning xulosasiga ko‘ra temiryo‘l transporti ishonchli va ekologik toza. Undan tashqari temiryo‘lda turli xil yuklar uchun ixtisoslashtirilgan vagonlardan foydalanish mumkin. Bu esa eng nozik mahsulotlarni ham ehtiyotkorona transport qilish imkonini beradi.
Moskvada 22-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyasining 2-yig‘ililshida Abdulla Aripov yaqin vaqt ichida ushbu ko‘rsatgich 10 milliard dollarga yetishi mumkinligini xabar qilgan edi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilnig 1 kvartalida Rossiyadan O‘zbekistonga eksport miqdori 5% o‘sib, 1 mlrd dollarga yetdi. 2020-yilda Rossiya-O‘zbekiston savdo hajmi 15%ga oshib 5,88 mlrd. dollarni tashkil qildi.