Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasini o‘zaro hamkorlik va birgalikdagi munosabati darajasi jihatidan misli ko‘rilmagan deb hisoblash mumkin.
Xususan, Mixail Mishustin O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi-davlat sifatida qo‘shilishining ijobiy samarasini qayd etdi. Bu maqom respublikaga tashkilotning barcha afzalliklarini baholashga va kelgusida integratsiyalashgan taqdirda xususiyatlarni hisobga olishga imkon beradi.
"Ishonchim komilki, Yevroosiyo Ittifoqidagi to‘laqonli ishtirok etish O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va, albatta, O‘zbekiston fuqarolari uchun sezilarli ustunliklarni yaratadi".
Rossiya hukumati rahbari pandemiyaning og‘ir davrida ham O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. So‘nggi bir yilda savdo hajmi 15 foizdan oshdi - qariyb 6 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, agar respublikaga Rossiya tovarlarining eksporti 12 foizga o‘sgan bo‘lsa, O‘zbekistondan import deyarli 25 foizga o‘sdi.
Mishustin shuningdek, sanoat, yoqilg‘i-energetika kompleksi, shu jumladan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish, tibbiyot va ta’lim, raqamli iqtisodiyot, umuman, yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni jiddiy ravishda kengaytirish zarurligini ta’kidladi.