TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Komiljon Karimov vazirning birinchi o‘rinbosari, Rahim Hakimov esa vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.
Komiljon Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020-yilning 17-sentabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Siyosiy fanlar nomzodi.
Rahim Hakimov mazkur tayinlovga qadar 2020-yilning 28-mayidan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Yuridik fanlar doktori.