UzAirways Urganchdan Istanbulga muntazam parvozlarni qayta tiklaydi

Aviaqatnov 4-iyul kunidan haftada bir marta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ 4-iyuldan boshlab Urganch–Istanbul yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyotlar haftada bir marta yakshanba kunlari uchadi.
Urganch–Istanbul yo‘nalishida aviachipta 2 935 000 so‘mdan, Urganch–Istanbul–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4 282 000 so‘mdan boshlanadi.