Toshkentda niqob rejimi kuchaytirilmoqda

Shuningdek, temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini kutilmoqda
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra yo‘nalishli avtobus haydovchilari (konduktorlari) va metro kuzatuvchilari niqobsiz bo‘lgan shaxslarni transport vositalari saloniga chiqarmaslik choralarini ko‘rishi belgilandi.
Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev administratsiyasi xodimlari COVIDga qarshi emlanganmi - Sherzod Asadov javobi
Shuningdek, muntazam ravishda mikrofon orqali shaxslarni mas’uliyatni oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borilishi, jamoat transportlarining oxirgi bekatida dezinfeksiya-tozalash ishlarini amalga oshirilishi zarurligi ko‘zda tutilmoqda.
Temir yo‘l vokzallari va aeroportlarda esa sanitariya-epidemilogiya talablariga amal qilinishini qat’iy nazoratga olinishini, shu jumladan, dezinfeksiya va tozalash tadbirlarini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadigan bo‘ldi.