TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov Ulug‘ Vatan urushi qurbonlari xotirasini yod etdilar.
"Men frontlarda mardlarcha jang qilganlarning xotirasini yod etishni, o‘z hayotlarini qurbon qilib Buyuk G‘alabaning qo‘lga kiritgan insonlarga hurmat bajo keltirishni taklif qilaman. Bir daqiqalik sukut e’lon qilaman", dedi Mishustin Moskvada bo‘lib o‘tayotgan ikki mamlakat hukumatlari rahbarlari darajasidagi komissiya yig‘ilishida.
Mishustinning ta’kidlashicha, ushbu urush dunyo tarixida eng shafqatsiz va qonli voqea bo‘lib, o‘n millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan.
Mishustinning ta’kidlashicha, ushbu urush dunyo tarixida eng shafqatsiz va qonli voqea bo‘lib, o‘n millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan.
"Biz jang qilganlarga va eng og‘ir sinovlar oldida Vatan mustaqilligini himoya qilgan front orti ishchilariga, qismatiga bizni himoya qilish yozilgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiramiz", dedi bosh vazir.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida yuz minglab o‘zbeklar jasorat, mardlik va qahramonlik namoyish etganlar, deb qo‘shimcha qilgan Mishustin.