Rossiya O‘zbekistonga XIII-XIX asrlarga oid madaniy boyliklarni qaytardi

Bu noqonuniy olib kirilayotgan madaniy boyliklarni ushlash va qaytarish masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq topshirildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Rossiya federal bojxona xizmati O‘zbekiston davlat bojxona qo‘mitasiga XIII-XIX asrlarga oid 29 ta kitob va 16 ta sopol buyumlarni topshirdi.
Topshirish marosimi 21-iyun kuni Moskvada noqonuniy olib kirilayotgan madaniy boyliklarni ushlash va qaytarish masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq bo‘lib o‘tdi.
Rossiya vernula Uzbekistanu kulturnie sennosti, datiruyemie XIII-XIX vv.
Qrim bojxona va Rossiya Federal xavfsizlik xodimlari O‘zbekistondan Rossiyaga boyliklarning olib kirilishining oldini olgan. Jinoyatni yarim orolda yashovchi ayol sodir etgan. Ayol qilmishi uchun ikki yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilingan.
Qo‘lozma kitoblar arab, fors va turkiy tillardagi diniy matnlar to‘plami va forscha va turkiy tillardagi she’riy asarlardan iborat. Ular XIX asrga oid.
Rossiya vernula Uzbekistanu kulturnie sennosti, datiruyemie XIII-XIX vv.
Sopol buyumlar bu ko‘za, kosa, xumlardir. Ular o‘rta asrlardagi Samarqand kulolchilari mahsulotlaridir.