O‘zbekistonda internet tezlashdi – Axborot texnologiyalari vazirligi

Reytingga ko‘ra, respublika mobil internet tezligi bo‘yicha yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarilgan.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bir yil ichida Speedtest Global Index internet tezligi dunyo reytingida o‘z pozitsiyasini yaxshiladi. Ma’lumotlarni Irlandiyaning Ookla kompaniyasi chop qildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, bir yil ichida simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (53,2 foizga), ya’ni 26,45 Mbit/sekunddan (2020 yil may) 40,54 Mbit/sekundgacha (2021 yil may) o‘sgan.
Internet tezligi “-gacha” qo‘shimchasisiz ko‘rsatiladi – “O‘zkomnazorat”
Respublika mobil internet tezligi bo‘yicha yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarilgan. Mobil Internet tezligi 11,26 Mbit/s. dan 18,56 Mbit/s. gacha o‘sgan. Ya’ni bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 64,8 foizga ko‘tarilgan.