TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaradagi Sherxon shaharchasini va daryo portini egalladi. Bu haqda AFP nashri hukumatga tayangan holda xabar qilmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘oniston shimolidagi bu aholi punktining egallab olishini AQSh mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlagandan buyon “toliblarning eng katta yutug‘i” bo‘lgan.
Qunduz viloyati kengashi a’zosi Xaliliddin Hakmining so‘zlariga qaraganda, toliblar port va Tojikiston bilan barcha chegara postlarini “bir soatlik jangdan so‘ng” qo‘lga kiritgan.
Afg‘on harbiylaridan birining ma’lum qilishicha, harbiylar “barcha nazorat punktlarini tark etishga majbur bo‘lishgan”, ertalabga kelib esa “Tolibon”* jangarilari “har yerda bo‘lgan, ular yuzlarcha bo‘lgan”.
Bu xabarlarni tolibonlarning vakili Zaiulla Mujahid tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular “Sherxon-Bandarni to‘liq nazorat qilishmoqda va hamma chegara o‘tish joylari Qunduzda Tojikiston bilan chegardosh”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikistonda Afg‘oniston bilan chegaraga oid favqulodda yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Unda Afg‘oniston bilan chegaradagi xavfsiz vaziyat ichki barqarorlikni himoya qilish zarurligi uchun signal ekani ta’kidlangan edi.
* Rossiya va qator mamlakatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti