Kamilov “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi

Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini tezroq bartaraf etishni muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida yuqori darajali xalqaro konferensiyada ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Konferensiya 23-iyun kuni onlayn bo‘lib o‘tadi. “Iqtisodiy rivojlanish uchun epidemiyaga qarshi hamkorlikni mustahkamlash” mavzu bo‘ladi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda qator xalqaro tashkilotlar vakillari koronavirus pandemiyasi oqibatlarini tezroq bartaraf etish, savdo-iqtisodiy aloqalarni qayta tiklashni muhokama qilishadi.
Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy aloqalarining o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan masala ham kun tartibidan o‘rin olgan.