TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi munosabati bilan Tojikistonning Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati rahbari yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat raisi Yodgor Fayzov huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari va harbiylar bilan muzokaralar o‘tkazgan.
U Afg‘oniston bilan chegaradagi xavfsiz vaziyat ichki barqarorlikni himoya qilish zarurligi uchun signal ekanini ta’kidladi.
Viloyat rahbari davlat chegarasi ehtimoliy buzilgan taqdirda barcha oyoqqa qalqib, hujumchilarga javob qaytarishini bildirgan.
Qayd etilishicha, Afg‘oniston shimolidagi vaziyat o‘ta murakkabligicha qolmoqda: ekstremistik guruhlar chegara oldidagi hududlarni ishg‘ol qilib, infratuzilmalarga jiddiy ziyon yetkazmoqda.
Shu bois Fayzov Tog‘li Badaxshonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarida moddiy-texnikiy va kadrlar bazasining kuchaytirilishini ustuvor vazifa deb atadi.
Shuningdek, u Afg‘onistondan kelishi mumkin bo‘lgan qochoqlarni joylashtirish uchun bo‘sh maydonni topish va yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va transport zaxiralarini to‘plashga chaqirdi.