TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Qirg‘izistonning Ala-Buqa tumanida, O‘zbekiston bilan chegarasida logistika markazi qurilishi boshlandi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
V Ala-Bukinskom rayone na granitse s Uzbekistanom nachalos stroitelstvo logisticheskogo sentra
"Bay-Talaa" markazi Bayastan qishlog‘ida joylashadi. Loyiha Jalolobod viloyati va O‘zbekistonning Namangan viloyati hamkorligi yo‘l xaritasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Qurilish maydonida kapsula qo‘yish marosimida ikki viloyat rasmiylari ishtirok etdi. Logistika markazi taxminan 20 gektar maydonni egallaydi.
V Ala-Bukinskom rayone na granitse s Uzbekistanom nachalos stroitelstvo logisticheskogo sentra
Markazda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, go‘shtni saqlash, eksport qilish, shuningdek, hayvonlarning teri va junlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlar olib boriladi.
Markazda ikki mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Hozir unga zarur kommunikatsiyalar olib kelinmoqda.
Qurilishning birinchi bosqichi sentabr oyida yakunlanadi.